Sirdaryo viloyati kasaba uyushmalari kengashida Sirdaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik R. Zaburov ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Prezidentimizning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar muhokama etildi. Jumladan, dasturning 22-bandida belgilangan 2021 yil 1 maydan boshlab mamlakatimizga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib doimiy yashayotgan, 15 yil davomida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi, deb tan olish tartibi tushuntirildi. R.Zaburov ushbu bandni bajarish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar, rasmiylashtirish tartibi boʻyicha atroflicha maʼlumot berib oʻtdi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
