Buxoro viloyati Gazli shahrida “Obod xonadon”, “Obod koʻcha” va “Obod mahalla” dasturi asosida keng koʻlamli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Jarayonda xonadonlarning old qismini tartibga keltirishi, jinoyat va huquqbuzarlik sodir qilmasliklari boʻyicha targʻibot ishlari olib borildi. Shuningdek, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha tadbirlar oʻtkazildi.
Bundan tashqari, Gazli shahridagi 12 ta koʻchada obodonlashtirish va yoʻl yoqalarida “Yashil makon” umummilliy dasturi asosida 200 ta tut va 1000 dan ziyod boshqa turdagi manzarali va mevali nihollar oʻtqazildi.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
