Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat tashkilot va idora vakillari ishtirokida "2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasi gender tenglikka erishish strategiyasi" boʻyicha boshqarma va tashkilotlarda gender tenglik boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va bu yilda qoʻyiladigan ustuvor vazifalar yuzasidan seminar yigʻilish boʻlib ўтди.

Тадбирнинг asosiy qismida, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi.

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bosh mutaxassisi M.Тўрақулова tomonidan gender tenglik tushunchasi, gender tenglikni taʼminlashda xalqaro va milliy tajriba boʻyicha soʻz yuritib, xalqaro normativ-meʼyoriy hujjatlar va gender tengligiga oid milliy qonunchilik hujjatlari hamda "2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” boʻyicha viloyatda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar haqida soʻz yuritdi.