Kasb fidoyisi

IIV JIED uchinchi mintaqaviy hudud 40-manzil koloniyasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Sirdaryo viloyatida gashish giyohvand moddasini sotish holati aniqlandi. 

Xovos shaharchasida yashovchi, 1972 yilda tugʻilgan N.N. gashish giyohvand moddasini «xaridor»ga sotayotgan vaqtda ushlangan. Bunda manzil koloniyasining tezkor qidiruv guruhi tezkor vakillari, leytenantlar Abdulloh Abdunabiyev hamda Elyor Ollomurodovlar fidoyilik namunasini koʻrsatishdi. Qoʻlga tushgan shaxsning uyida oʻtkazilgan tekshiruv natijasida giyohvandlik moddasini tayyorlash, isteʼmol qilish uchun zarur vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Abdulloh Abdunabiyev 2000 yilda Shirin shahrida tugʻilgan. IIV akademiyasini tugatib, mazkur muassasada xizmat faoliyatini boshlagan. U hamkasblari orasida oʻz ishiga masʼuliyatli, bilimli, intiluvchan xodim sifatida hurmat qozonishga ulgurdi.

Leytenant Elyor Ollomurodov esa 1996 yilda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan. 2022 yilda IIV akademiyasini tugatib, 40-manzil koloniyada tezkor vakil vazifasida faoliyat yuritmoqda.

Oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.