Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida koʻrish imkoniyati cheklangan maktab oʻquvchilari oʻrtasida shashka boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazining xabar berishicha Yashnobod tumanidagi 77-sonli “Nurli maskan” oʻquvchilari poytaxt sharafini munosib himoya qilishgan.

Jumladan, oʻquvchi-yoshlar shashkaning klassik va rapid yoʻnalishlarida oʻzaro bahs yuritishdi. Qizgʻin oʻtgan bahslarda 77-sonli “Nurli maskan” taʼlim muassasasining 8 nafar oʻquvchilaridan tashkil topgan Toshkent shahar terma jamoasi 6 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga sazovor boʻlib, umumjamoa hisobida faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

Gʻoliblar Toshkent temiryoʻl vokzalida tantanali ravishda kutib olindi. Umumtaʼlim maskanida uyushtirilgan marosimda gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi. Tadbirda Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi boshligʻi Yashin Sultonov, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Abdurashid Ochilov ishtirok etdi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.