Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentning tegishli koʻrsatmasiga asosan Namangan viloyat IIBda Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan tergov boʻlinmalari va ekspert-kriminalistika markazi xodimlari uchun sud, prokuratura organlari hamda boshqa tashkilotlar mutaxassislari bilan hamkorlikda oʻquv-seminar mashgʻuloti tashkil etildi.

Tadbirda muqaddam tergov qilingan ishlar boʻyicha chiqarilgan oqlov hukmi, prokuratura va suddan jinoyat ishlarni qoʻshimcha tergovga qaytarilishi, xususiy ajrimlar, prokuratura organlaridan taqdimnomalar kiritilishi va intizomiy ish qoʻzgʻatish kabi salbiy holatlar muhokama qilinib, kelgusida bu kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻz muxbirimiz,

Namangan viloyati.