IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Yongʻin xavfsizligi otryadi xodimlari bilan hamkorlikda amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Unda tegishli mutaxassislar tomonidan radiosion kimyoviy biologik himoya vositalaridan foydalanish tartibi boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ulugʻbek SULAYMONOV.
kapitan.
