Kasb fidoyisi

Toshloq tumanidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻiniga xizmat koʻrsatuvchi profilaktika inspektori, kapitan Bobobek Karimov kasbiga sadoqati tufayli, aholi mehrini qozonib kelmoqda.

Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2016 yilda boshlagan lavhamiz qahramoni hozirda oʻzi xizmat qilayotgan hududda jinoyatchilikni jivolash borasida koʻplab profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiryapti.

Lavhamiz qahramoni 2 ming 950 nafar aholi istiqomat qilayotgan 659 ta xonadondan iborat ushbu hududni “Obod va xavfsiz mahalla tamoyili asosida “xonadonbay” usulida bir necha marotaba oʻrganib chiqdi. Oʻrganishlar davomida 55 nafar fuqaro 24 ta yoʻnalishda alohida toifaga ajratilib, mahalla beshligi bilan hamjihatlikda ulardan 39 nafariga amaliy yordam koʻrsatildi.

 Yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining saʼy-harakatlari bilan 12 nafar fuqaro ishga joylashtirilib, 3 nafar hudud yoshlari kasb-hunar markazlarida qayta oʻqitildi. 4 nafar yigit-qizlarga esa, imtiyozli taʼlim kreditlari olishida koʻmaklashildi. Shu bilan birga, 3 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar mahalla faollari va domiy komissiya aʼzolari yordamida ijobiy tomonga oʻzgartirildi. 5 ta holatda erta turmush qurishning oldi olindi.   

 Profilaktika inspektorining aholi ichiga kirib borganligi hamda huquqiy targʻibot tadbirlarini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi sababli, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar sodir etilmadi. Maʼmuriy huquqbuzarliklar ham sezilarli darajada kamaydi. Shuningdek, oʻtgan yil yakunida osoyishtalik posboni xalqqa hisobot berdi.

Shu boisdan, odamlar dardu tashvishi bilan yashayotgan kapitan Bobobek Karimovning faoliyati mahalla aholisi tomonidan ijobiy baholandi. Zero, haqiqiy baho, xalqning bahosidir.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.