Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari 7261 harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbirga Nukus shahridagi 10,17,26 sonli umumtaʼlim maktab oʻquvchilari hamda “Koʻkoʻzak”, “Qumbiz ovul” makon fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlardan iborat 120 dan ortiq yoshlar jalb etildi.
Dastlab ular harbiy xizmatchilarning yashash sharoitlari va harbiy qismda mavjud zamonaviy texnika hamda oʻquv qurollari bilan tanishdilar. Kun davomida harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirokida “Zakovat” intellektual oʻyini oʻtkazilib, harbiy qismdagi kutubxonada suhbat uyushtirildi.
Tadbir soʻngida oʻtkazilgan “Vatanparvarlik soati” davomida kelajakda harbiy boʻlishni maqsad qilgan yoshlarga Oliy harbiy bilim yurtlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Abbos BEKNAZAROV,
kapitan
