IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari “Buxoro” xalqaro aeroportida Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida batalonida shaxsiy tarkib oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning ijtimoiy muhofazasini taʼminlash borasida yuzaga kelayotgan masalalarga aniqlik kiritish va harbiy xizmatchilar oʻrtasida salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan tadbir boʻlib oʻtdi.
Unda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondonligining maʼsul vakillari, podpolkovniklar SH. Baratov va SH. Gʻaffarovlar ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar shaxsiy tarkib oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda ijtimoiy muhofaza masalalarida fikr bildirib, harbiy xizmatchilar bilan samimiy suhbat qurdilar.
Tohir ABDUVALIYEV,
serjant.
Buxoro viloyati.
