Xoʻjayli tuman hokimi J.Yermashev tumandagi mavjud 28 ta mahallaning profilaktika inspektorlari bilan uchrashdi.
Unda «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili doirasida tuman hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etilib, qator koʻrsatmalar berildi.
Shuningdek, profilaktika inspektorlarining oʻzlari xizmat olib borayotgan hududlarda tinchlik-osoyishtalikni asrash, mavjud holatni yanada yaxshilash boʻyicha taklif va fikrlari tinglandi.
Azamat PIRNIYAZOV
«Na postu» muxbiri.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi.
