Kasb fidoyilari
Yashnobod tumani IIOFMB JTSB PPX otryad xodimlari, serjant Dilshod Ummataliyev va safdor Bahodir Aripboyev fidoyi xodimlardan. Ular oʻzlariga biriktirilgan yoʻnalish boʻylab, jamoat tartibini saqlash hamda sodir etilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda jonbozlik koʻrsatishmoqda. Shuningdek, sodir etilayotgan jinoyatlarni “issiq izidan” ochishga ham muvaffaq boʻlishmoqda.
Xususan, yaqinda tungi vaqtda mazkur xodimlar tumanning “Uchchinor” mahallasi hududida xizmat vazifasini oʻtab yurganida “VAZ – 2105” rusumli avtoulovda yoʻlovchi sifatida kelib, ushbu joyda tushgan shubhali bir kimsa ularning eʼtiborini tortdi. Hushyor turgan osoyishtalik posbonlari uning yaqiniga borib, hujjatlarini soʻrashganida fuqaro sarosimaga tushib qoldi. Shundan soʻng, u xolislar ishtirokida tekshirib koʻrilganida, uning yonidan 7 dona jigar rangli modda borligi aniqlandi. Toshkent viloyati Ohangaron tumanilik Sh.B.dan olingan narsa Toshkent shahar IIBB EKBning xulosasiga koʻra, tarkibida tetragidrokannabinol mavjud boʻlgan giyohvandlik vositasi ekanligi maʼlum boʻldi. Ayblanuvchi qonun hukmiga topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
