Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Shirin shahar IIB boshligʻi, podpolkovnik Oʻtkir Begimovning hisoboti tinglandi. Hisobotda taʼkidlanishicha, shaharda jinoyatchilikka qarshi kurashish, barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini joylarda tizimli tashkil etish, jamoatchilik bilan aloqalarni kuchaytirish, jamoat tartibi va aholi xavfsizligini taʼminlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilib, ijobiy natijalarga erishilgan.
Jumladan, shaharda joriy yilning dastlabki olti oyida ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatchilikning oʻsishiga yoʻl qoʻyilmagan. Shuningdek, ijtimoiy xavfi kam boʻlgan jinoyatlar kamaygan.
Oʻz muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
