Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini ichki ishlar organlari xodimlari hamda jamoatchilik oʻrtasida targʻib qilish, xududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.

Ishchi guruh aʼzolari viloyat xududida sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan ishlar, shahar va tuman ichki ishlar boʻlimlari xizmat faoliyati, u yerda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, jinoyatchilikning tahliliy natijalari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi hamda ularni ijobiy hal etish borasidagi faoliyat bilan yaqindan tanishishmoqda.

 Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov Xiva tumanida bunyod etilayotgan tuman ichki ishlar boʻlimi binosini koʻzdan kechirishdi. Vazir qurilish loyihasi bilan tanishar ekan, ichki ishlar organlari xodimlar uchun yaratilayotgan sharoit hamda qulayliklar bilan tanishdi. Shuningdek, maʼmuriy bino qurilishida mehnat qilayotgan quruvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikrlari bilan qiziqdi. Zarur maslahatlar, tavsiyalar berdi.

Shundan soʻng Xiva shahrida bunyod etilayotgan Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi maʼmuriy binosi koʻzdan kechirildi. Bu yerda xodimlar uchun zarur qulayliklar yaratish, innovasion texnologiyalarni keng joriy etish, maʼmuriy bino xududida sayyohlar uchun xorijiy tillarda zarur maʼlumotlar bazasini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi.    

Xiva shahar IIB binosida shahar va tuman toʻrtta sektor rahbarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Ichki ishlar vaziri joylarda amalga oshirilayotgan ishlarga toʻxtalar ekan, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashishda huquq-tartibot organlari bilan jamoatchilikning yaqin hamkorligini yanada mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratdi. Ayniqsa, jinoyat sodir qilishga moyil boʻlgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish alohida eʼtibor qaratdi.

“Mahallabay”, “Xonadonbay”, “Fuqarobay” tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ushbu yoʻnalishlardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur topshiriqlar berildi.

IIV Ishchi guruhining viloyat xududidagi xizmat safari davom etmoqda.

 

  Xudoybergan JABBOROV,

 “Postda” muxbiri.

 Xorazm viloyati.