Ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida Fargʻona viloyati IIB Maʼnaviyat va maʼrifat zalida “Yagonasan, muqaddas Vatan” koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻolibi, yosh ijodkor Jamshid Akbarov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Shoir oʻzining “Hazrati inson” nomli kitobi haqida soʻz yuritib, ushbu kitobdan oʻrin olgan Vatan madhi, osoyishtalik posbonlarining mashaqqatli mehnati, mehr-oqibat, insoniy tuygʻular aks ettirilgan sheʼlaridan namunalar oʻqib berdi.

Uchrashuvda kitob oʻqishning ahamiyati, bugun Ichki ishlar vazirligi tomonidan soha xodimlari oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida olib borilayotgan xayrli ishlar haqida ham fikr-mulohazalar bildirildi.

Ijodkor bilan uchrashuv shaxsiy tarkibda unutilmas taassurot qoldirdi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.