Oqoltin tumani IIB tashabbusi bilan korrupsiyaga qatshi kurashga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Huquq tartibot organlari rahbarlari, tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan seminarda korrupsiya bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlar va ularning sohalar kesimida tahlillari, bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Qayd etilishicha, viloyatda joriy yilning 11 oyi davomida 280 ta korrupsion jinoyatlar sodir etilgan. 317 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ushbu davrda mobaynida mansabdorlik bilan bogʻliq tergov qilingan jinoyat ishlari viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan davlat, jamoat va fuqarolarga yetkazilgan zararning 84,2 foizi tergov jarayonida undirilgan.

Shuningdek maʼruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha qabul qilinayotgan huquqiy xujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.


Abdurahmon MUSTAFOQULOV, 

"Postda" muxbiri.

Sirdaryo viloyati.