Milliy gvardiya Moddiy-texnik taʼminot markaziy bazasida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi qoʻshinlar hamda taʼlim muassasalari shaxsiy tarkibi tomonidan yaratilgan innovatsion va ratsionalizatorlik ishlanmalari koʻrgazmasi oʻtkazildi.
Koʻrgazmada yuzdan ortiq konstruktorlik va ilmiy innovatsion dasturiy ishlanmalar namoyish qilindi. Jumladan, IIV Akademiyasi jamoasi tomonidan “Smart Akademiya – integrallashgan axborot-taʼlim platformasini yaratish” nomli loyiha doirasida bajarilgan “IIV Akademiyasi xodimlari maʼlumotnomasi” dasturiy mahsuloti taqdim etildi. Mazkur dasturiy mahsulot veb texnologiyalar turkumidagi dasturiy taʼminot boʻlib, xodimlar toʻgʻrisida zaruriy tezkor maʼlumot olish va yetkazish uchun xizmat qiladi. Aytish joizki, ushbu dasturiy taʼminot koʻrgazma ishtirokchilarida katta taassurot uygʻotdi.
Anjuman soʻngida eng yaxshi ishlanmalar mualliflari va faol ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdirlandi.
Oʻz muxbirimiz.
