Toshkent viloyati IIBB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati hodimlari tomonidan mazkur hududdagi aholi gavjum joylarda “Inson hayoti – tezlikdan muhimdir” shiori ostida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Jumladan, yaqinda ham viloyatning Ohangaron va Piskent tumanlari hamda Olmaliq shahrida ana shunday uchrashuvlar tashkil etilib, uning ishtirokchilariga tezlikni meʼyoridan oshirish oqibatida yuzaga keladigan yoʻl-transport hodisalari va boshqa shu kabi koʻngilsizliklar haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shu bilan birga, soha xodimlari tomonidan bu borada haydovchilarni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob qaytarildi.

Oʻz muxbirimiz.