Gʻijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turgan, qilmishiga pushaymon, sodir etgan jinoyatidan oʻziga tegishli xulosa chiqargan, jamoatchilik tomonidan ijobiy tavsiflangan 7 nafar nazorat ostidagi shaxs jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi tomonidan oʻtalmagan axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazolaridan muddatidan oldin shartlii ravishda ozod qilindi. Shu bilan birga, 4 nafar jazo oʻtashdan boʻyin tovlab, sodir etgan jinoyatidan oʻziga tegishli xulosa chiqarmay yurgan mahkumlardan 2 nafarini oʻtalmagan jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga va yana 2 nafar axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtayotgan mahkumlarning jazosi ogʻir turdagi jazoga, yaʼni ozodlikni cheklash jazosiga almashtirildi.
Sud majlisida raislik qiluvchi B.Umarov tomonidan ozod boʻlgan mahkumlarga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qatʼiy amal qilishlari tushuntirib oʻtildi.
T.ASHUROV,
mayor.
Buxoro viloyati.
