Namangan davlat pedagogika institutida "Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish" mavzusida uchrashuv tashkil etildi

Uchrashuvda institut profilaktika inspektori, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchisi, psixolog va talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Unda xotin-qizlar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish toʻgʻrisida fikr-mulohazalar bildirilib, turli koʻrinishdagi zoʻravonliklarning oldini olish, oilalardagi maʼnaviy muhitni yaxshilashga qaratilgan targʻibot ishlarini yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.