Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari,
general-mayor Bahodir Mirzarahimov vazirlik Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismda boʻlib, shaxsiy tarkib bilan muloqot qildi.
Vazir oʻrinbosari Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvadagi qarori bilan ishlab chiqilgan “Ichki ishlar organlari hodimlarining kasbiy madaniyati va xizmat intizomi kodeksi”idagi talablar boʻyicha harbiy xizmatchilarga bir qator koʻrsatmalar berib oʻtdi. General-mayor harbiy xizmatchilar uchun intizom birinchi navbatdagi dolzarb masala ekanligini taʼkidlab, harbiy xizmatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan intizombuzilish holatlarining oldini olish uchun yakka va guruh tarkibidagi suhbatlarni koʻproq tashkillashtirish zarurligini qayd etdi. Bevosita boshliqlar oʻzining qoʻl ostidagi shaxsiy tarkibning psixologik holati, ijtimoiy ahvoli boʻyicha doimiy maʼlumotga ega boʻlishi, chuqur oʻrganishi yuzasidan harbiy qism boʻlinma boshliqlariga koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari yangi keladigan yosh askarlarni qabul qilish boʻyicha harbiy qismda amalga oshirilayotgan tayyorgarliklar bilan tanishdi. Yotoqxona, sinfxonalar, oshxona va tibbiy xizmat xonalarining sifatini koʻzdan kechirdi.
Azamat Kurbanbayev,
oddiy askar.