Joriy yilning 1-30-iyun kunlari ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan “Qonuniylikni taʼminlash va temir intizom oyligi” doirasida Koson tumani IIBda bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan uchrashuv oʻtkazilib, "Intizom oyligi"ni oʻtkazishdan maqsad va belgilangan vazifalar, xodimlar tomonidan sodir etilgan salbiy holatlarga sabab boʻluvchi omillar tushuntirildi.
Xizmat vaqtida koʻcha va jamoat joylarida formali kiyim-bosh kiyib yurish qoidalari, shaxsiy va xizmat avtomobillarini yoʻl harakati qoidalariga amal qilgan holda boshqarish, avtotransport vositalarini qarzdorlik holatlarini aniqlash maqsadida patrullik reydlari oʻtkazildi.
Bundan tashqari, rahbar va xodimlarning uyiga borib, oilaviy axvoli, yashash sharoiti oʻrganildi.
Xamza Niyozov,
kapitan.
Qashqadaryo viloyati.
