Jizzax viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi mutaxassislari tomonidan viloyat IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrulʼ-post xizmati xodimlarining fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritish, ularni roʻyxatga olish va daktokartalarni toʻgʻri toʻldirishga oid bilimlari boyitildi. Shuningdek, PPX xodimlari yoʻnalishida joylashgan Jizzax shahar IIB tarkibidagi 4 ta IIB masʼullariga barmoq izlari olishga moʻljallangan boʻyoq va daktovaliklar topshirildi.

Bu tadbirdan koʻzlangan maqsad viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazining jinoyat ishlari isbotlov bazasini mustahkamlashdir.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.