IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7532-harbiy qism 2-batalyonida serjant Bahromjon Quvvatovni pensiyaga kuzatuv marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda soʻz olganlar bu fidoyi inson xizmati davomida oʻzining mehnatsevarligi va tirishqoqligi bilan jamoada hurmat qozonganligini, oʻz vazifasini hamisha sidqidildan bajarganligini alohida taʼkidlashdi. Shuning uchun u harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan bir necha bor ragʻbatlantirilganligi qayd etildi.
Tantanali marosim yakunida B. Quvvatovga qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mixli SAFAROV,
oʻz muxbirimiz.
