Jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudining sayyor sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda probasiya guruhi hisobidagi 21 nafar mahkum va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sayyor sud majlisida jazoni oʻtash qoidalariga toʻliq rioya etgan, oʻzining xatti-harakati bilan jamiyatga naf keltirish yoʻliga oʻtgan 7 nafar mahkum shartli ravishda muddatidan oldin jazodan ozod etildi.

Shuningdek, jazo oʻtashdan boʻyin tovlagan, belgilangan qonuniy talablarga rioya etmagan mahkum M.B.ning oʻtalmay qolgan ozodlikni cheklash jazosi Oʻzbekiston Respublikasi JKning 481-moddasiga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. 

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

“Postda” muxbiri.

 Sirdaryo viloyati.