Jinoyat ishlari boʻyicha Boyovut tumani sudida fuqarolar TS.A. va K.K larning ishi koʻrib chiqildi. Tuman IIB Probatsiya guruhi nazoratida turgan ushbu shaxslar tayinlangan jazodan qasddan boʻyin tovlab kelgan. Ular jamiyatda yurish-turish qoidalariga boʻysunmay, belgilangan vaqtda hududdan chiqmaslik jazo chorasiga rioya etmagan. Natijada, sud zalida qamoqqa olinib, ozodlikdan mahrum qilindi. Ular jazoning qolgan muddatini jazoni ijro etish muassasasida oʻtaydi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
