Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudining navbatdagi majlisida muqaddam sudlanib, shahar IIB JXX Probatsiya guruhida ozodlikni cheklash jazosini oʻtayotgan mahkum T.O. ning ishi koʻrib chiqildi. Sudga jazoni oʻtashdan boʻyin tovlab kelayotganligi sababli, mahkum T.O. ga belgilangan jazoni ogʻirroq turdagi jazoga almashtirilishi yuzasidan shahar IIB boshligʻi tomonidan taqdimnoma kiritildi. Taqdimnoma qanoatlantirib, mahkum T.O. ning oʻtalmay qolgan 3 yil 2 oy 3 kun ozodlikni cheklash jazosi huddi shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
«Postda» muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
