Qoʻqon shahridagi Amir Temur nomidagi mahalla faollariga Ichki ishlar vazirligining tashakkurnoma va pul mukofoti topshirildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.
“Xonadonbay” va “Fuqarobay” usulda ish olib borib, aholi muammolarini manzilli oʻrganish, amaliy yordam berish, jinoyatchilikni jilovlash va fuqarolar orasida ahillik hamda hamjihatlikni mustahkamlashda mazkur mahalla faollari namunali faoliyat olib borishmoqda. Natijada oʻtgan 2022-yilda ushbu mahallada birorta ham jinoyat sodir etilmadi.
Shu munosabat bilan mahalladagi beshlik aʼzolariga IIV HPBB boshligʻining tashakkurnomasi va pul mukofoti taqdim etildi. Ushbu mukofotlar mahalla faollariga tantanali ravishda topshirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
