Kapitan E. Muqimov nazoratga olingan mahkumlar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olish maqsadida ularni imkon qadar ishga joylashtirish choralarini koʻrmoqda. Shu maqsadda oʻtgan yili hokimlik koʻmagida oʻn marta mehnat yarmarkasi uyushtirilishiga bosh-qosh boʻldi. Bundan tashqari, jazoni ochiqda oʻtayotgan 14 nafar shaxs kasb-hunarga oʻqitildi.
Qolaversa, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamkorligida muntazam ravishda targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, qayta jinoyat sodir etish oqibatlari tushuntirilyapti. Oʻtgan yili qatʼiy tuzalish yoʻliga oʻtgan 66 nafar mahkum muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi. Sud tomonidan belgilangan tartib va cheklovlarga amal qilmagan 11 nafar shaxsning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
