Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi Fargʻona viloyat boshqarmasi binosida viloyat IIB rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi.

2024-yilda ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va tizimda olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan anjumanda jurnalistlar, bloger hamda ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpokovnik Farruhbek Oʻsarov, shuningdek, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Tergov, Probasiya, Yoʻl harakati xavfsizligi, Mirgasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari boshliqlari, tegishli xizmatlarning masʼul rahbarlari OAV vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berishdi.

 Anjuman yakunida viloyat IIB Axborot xizmati hamda OAV oʻrtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, huquqiy targʻibot ishlarini jurnalistlarning mahorati bilan yanada taʼsirchan usullarda yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishib olindi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.