Katta leytenant Abror Qulmatov 1994 yil 18 may kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2017 yil IIV Akademiyasini tamomlab, Toshkent shahar Bektemir tumani IIB 45-sonli Ichki ishlar boʻlimida surishtiruvchi boʻlib ish boshlagan. 2018-2020 yillarda Toshkent shahar Bektemir tumani boʻyicha IIO FMB 1-son IIB tergov boʻlinmasi tergovchi lavozimida faoliyat olib bordi. Hozirda Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi, yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilish boʻlimi katta tergovchisi lavozimida faoliyat yuritmoqda. Toshkent shahrida jinoyatchilikni oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishda mardlik, jasorat va fidoiylik koʻrsatib, xizmat burchiga masʼuliyat bilan yondoshib kelayotgani uchun bir necha bor rahbariyat tomonidan rahbatlantirilgan. U xizmat faoliyati davomida oʻzini tashabbuskor xodim sifatida namoyon etdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 avgustdagi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash toʻgʻrisida”gi farmoni tasdiqlangan edi. Farmonga koʻra, murakkab vaziyatda xalq, fuqarolar taqdiriga befarq boʻlmay, oʻzining xayirli saxovatlari bilan barchaga oʻrnak boʻlib kelayotgan saxovatli tadbirkorlar, davlat va jamoat tashkilotlarining fidoyi xodimlari hamda boshqa tashabbuskor va faol fuqarolar “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan mukofotlanishi belgilangan. Butun xalq boshiga tushgan ofat, pandemiya sharoitida jonbozlik koʻrsatib, el tinchligi yoʻlida qilgan fidokorona xizmati uchun Abror Qulmatov ham “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan munosib taqdirlangan. 


Madina QAHHOROVA,


“Postda” muxbiri.