Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan IIV 2-sonli Toshkent akademik litseyi oʻquvchi-yoshlari ham ulugʻ ajdodimizni xotirlash maqsadida poytaxtimizdagi “Temuriylar tarixi” davlat muzeyiga kelishdi.
Mazkur maʼnaviyat maskanida boʻlgan kelajagimiz egalari qudratli sarkarda tomonidan ulkan davlat barpo etilishi, ilm-fan, madaniyat, hunarmandchilik, meʼmorchilik va boshqa sohalar rivoji yoʻlida qilingan keng koʻlamli ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Shuningdek, bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga ham mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.
Oʻylaymizki, bu kabi tadbirlar yoshlarimizni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
