Kun qahramoni

1977 yilda Kasbi tumanida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi ilk xizmat faoliyatini 2003 yili Nishon tumani IIB Qoʻriqlash boʻlimi militsioneri vazifasidan boshlagan.

Zimmasiga yuklangan vazifalarni bekam-koʻst bajarish, boshlagan ishini tugatmasdan qoʻymaslik xislatlari bilan hamkasblari nazariga tushdi. Biriktirilgan hududda huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish borasida toʻplagan tajriba va malakasi oradan ikki yil oʻtib, viloyat IIB PPX va JTSB PPX bataloni 1-otryad militsioneri lavozimida ishlashiga zamin hozirladi. Batalondagi faoliyati davomida jamoat joylarida osoyishtalikni taʼminlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida samarali xizmat qildi. 

Ayni vaqtda viloyat IIB PPX va JTSB konvoy guruhi haydovchi-xodimi sifatida faoliyat koʻrsatib kelayotgan kichik serjant Oʻktam Jumayev yuzaga keladigan favqulodda va kutilmagan holatlarda ham kasbiy mahoratini namoyish etib kelmoqda. Jumladan, sudlanuvchi yoki tergovga jalb qilingan shaxs qochishga shaylanishi yoki nimanidir bahona qilib xodimni chalgʻitishga urinishi mumkin. Bu kabi holatlar yuzaga kelganda qanday yoʻl tutish lozimligini u yaxshi biladi va kasb sirlarini yosh xodimlarga ham oʻrgatishni kanda qilmaydi.

Kichik serjant Davlatjon Fayziyev qariyb 20 yillik xizmat faoliyati davomida biror marta jazolanmagan. Shu bois uni hech ikkilanmay sohaning fidoyisi, aʼlochi xodimlardan biri, deyish mumkin.

Kichik serjantning fidokorona xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib baholangan. Prezidentimizning 2021 yil 30 avgustdagi farmoniga binoan kichik serjant Davlatjon Fayziyev “Mustaqillikning 30 yilligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.