Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda soha xodimlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida IIV Jamoat xavfsizligi departamenti yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi Fargʻona viloyati IIB JTSB kinologiya boʻlinmasida boʻlib, oʻrganish ishlarini olib bordi.
Oʻrganishlar davomida kinologiya boʻlinmasi hamda birinchi va ikkinchi mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi kinologiya guruhlari xodimlarining huquqiy bilimi, kasbiy mahorati, xizmat itlarining iz qidiruv, giyohvandlik moddalarini topish, toʻsiqlarni yengib oʻtish kabi salohiyati koʻzdan kechirilib, amaliy mashgʻulotlar olib borildi.
Shuningdek, yoʻl qoʻyigan kamchiliklar xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, xizmatni sifat jihatidan yaxshilash uchun zarur tavsiyalar berildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
