Fargʻona shahrida viloyat IIB JXX JTSB kinologiya boʻlinmasi shaxsiy tarkibining xizmat itlari bilan tantanali yurishi va koʻrgazmali chiqishlari oʻtkazildi.
Tantanali yurishni YHXB avtopatruli, PPX motopatrul guruhi va harbiy qism orkestri boshlab berdi. Ortidan kinologiya boʻlinmasi shaxsiy tarkibi xizmat itlari bilan, keyin esa boʻlinma avtotransport vositalari harakatlandi.
Yurish davomida har bir chorrahada kinologiya xodimlari “Luna”, “Marta”, “Sem”, “Dana”, “Rita” laqabli xizmat itlari bilan koʻrgazmali chiqishlarni namoyish etdilar.
Ushbu namoyishlarda umumiy boʻysunuvchanlik, portlovchi moddani qidirib topish, avtotransport vositasiga yashirilgan giyohvand moddalarni qidirib topish, 2 nafar shartli jinoyatchini ushlash jarayonlari xuddi amaliyotdagidek, jonli tarzda koʻrsatib berildi.
Ushbu chiqishlar yurtdoshlarimizda, ayniqsa, oʻquvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Ular yurt posbonlarining koʻrsatgan mahoratlarini qarsaklar bilan olqishlab turdilar.
Abduvosit SIDIQOV,
oʻz muxbirimiz.
Fargʻona viloyati.
