Kitobga oshno boʻlgan insonning intellektual salohiyati yuqori boʻladi. Shuning uchun ham ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bilim-salohiyatini yanada yuksaltirish maqsadida oʻzbek va jahon yozuvchilarining sara asarlari mutolaasiga alohida eʼtibor qaratiladi. 

Shu maqsadda Toshkent shahar IIBB JTSB PPX brigadasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining oʻttiz yilligi munosabati bilan oʻtkaziladigan “Yangi Oʻzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy hamda targʻibot-tashviqot dasturiga muvofiq “Kitobxonlik – milliy savodxonlik asosi” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda IIBB JTSB PPX brigadasi xodimlari faol qatnashib, oʻzlari mutolaa qilgan kitoblar asosida bahs-munozara olib borishdi. 

Sarvar SOBIROV,

«Postda» muxbiri.