Surxondaryo viloyatida ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalari xodimlari oʻrtasida koʻpkurash musobaqasining respublika bosqichi oʻtkazildi.

Musobaqa qatnashchilari xizmat itlari bilan yengil transport vositasida, bino ichida va bagaj yoki qoʻl yuklarda yashirilgan giyohvandlik moddasini qidirib topish, iz-qidiruv, iz-qidiruvi boʻyicha buyumni tanlash, kiyim hididan aniqlash, transport yoki qoʻl yuklarida yashirilgan qurol-yarogʻ yoki portlovchi moddani qidirib topishdagi mahoratini namoyish qilishdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, umumjamoa hisobida, 1-oʻrin Surxondaryo viloyati IIB, 2-oʻrin Navoiy viloyati IIB, 3-oʻrin esa Toshkent shahar IIBB jamoasiga nasib qildi.

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida IIV JXD JTSX boshligʻi, podpolkovnik O.Sharipov, Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi, polkovnik T.Ismailov hamda nafaqadagi polkovnik A.Xoliqovlar soʻzga chiqib kinologiya sohasidagi yangiliklar va bugun yaratilgan sharoitlar toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtishdi. Gʻoliblarga diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Oʻz muxbirimiz,

Surxondaryo viloyati.