Kapitan Nosir Ibragimov 1988 yili Namangan viloyati Uychi tumanida tugʻilgan. 2015 yilda IIV Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurtini tamomlagan. Xizmat faoliyatini Qorovul qoʻshinlari safida boshlab, harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida xizmat qilgan. Ayni paytda Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasi magistraturasining 1-bosqich tinglovchisi. IIV harbiy tuzilmalarida psixologik ishlarni tashkillashtirish mavzuida magistrlik dissertatsiyasi ustida ish olib bormoqda. Respublika gazeta va jurnallarida tadqiqot mavzusiga doir bir nechta ilmiy maqolalari chop etilgan.
“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining eng namunali harbiy qism boshlangʻich tashkiloti yetakchisi” tanlovida faxrli 2-oʻrinni olgan. Xizmatda erishgan yutuqlari uchun IIV rahbariyati tomonidan bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan.
Adolat FAYZIYEVA,
“Postda” muxbiri.
