Safdor Qoraboev Berdiali Eralievich 1993 yilning 16 mart kuni Toshkent viloyatining Oʻrtachirchiq tumanida tugʻilgan. 2012 yili Yunus Rajabiy nomidagi Toshkent pedagogika kollejini muvaffaqiyatli tamomlagan. 

Ilk xizmat faoliyatini 2013 yilda Toshkent shahar IIBB Patrulʼ-post brigadasi 1-batalʼon 2-otryadida safdor xodim lavozimida boshlagan yosh xodim soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirgacha mazkur lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.

Shu bilan birga, tinib-tinchimaydigan bu yigit joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 280 nafar fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 48 nafar shaxslarni ichki ishlar boʻlimlariga olib bordi. 

Bundan tashqari, karantin qoidalarini buzgan 70 nafar fuqaroni aniqlash bilan birga, 4 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etdi. 

Shu sababli, xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelayotgan safdor Berdiali Qoraboevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan. 

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.