Mayor Mamashaev Xikmatillo Muhamaduroyimovich 1987 yilda Namangan viloyatining Chortoq tumanida tugʻilgan. 2011 yilda hozirgi Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutini muvaffaqiyatli tamomlaydi.
Ilk xizmat faoliyatini mazkur yili IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qashqadaryo viloyatida joylashgan 7533-harbiy qism 2-batalʼonida guruh komandiri lavozimida boshlagan yosh harbiy xizmatchi kasb sirlarini mukammal egallab, keyinchalik, ushbu harbiy qism 4-batalʼonida vzvod komandiri, soʻngra esa, Buxoro viloyatidagi 7536-harbiy qism taʼminot batalʼoni komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Hozirda IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qism 2-batalʼoni komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida samarali xizmat qilayotgan lavhamiz qahramoni harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiy intizomni mustahkamlash bilan birgalikda, shaxsiy tarkibning maʼnaviy salohiyatini oshirishda ham oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda.
Faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan H. Mamashaevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan.
Shu boisdan, mayor Hikmatillo Mamashaevning ona Vatanimiz osoyishtaligi yoʻlidagi mashaqqatli xizmatida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, kelgusi faoliyatida bundan-da, yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz!
Mixli SAFAROV,
“Postda” muxbiri.
