Abrorbek Akramov 1993 yilda Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. U ichki ishlar organlarida 2014 yildan buyon xizmat qiladi. 2015 yildan Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi katta mutaxassis-haydovchisi sifatida faoliyat yuritadi.
«102» telefon raqamiga fuqaro N.Z.dan kelib tushgan maʼlumotda Tadjik mahallasi fuqarosi A.D. oʻz uyida giyohvandlik moddalari saqlayotgani bildirilgan edi.
Maʼlumot tezkorlik bilan oʻz tasdigʻini topdi. Giyohvandlik vositalarini manzil boʻyicha aniqlash va olib qoʻyish uchun tezkor guruh yoʻnaltirilgan boʻlib, uning tarkibida katta mutaxassis-haydovchi, kichik serjant Abrorbek Akramov ham bor edi.
Ogʻu saqlashda gumon qilinayotgan A.D. oʻzining bu ishga aloqador ekanini qatʼiyan rad qilardi. Guvohlar ishtirokidagi shaxsiy tekshiruv chogʻida kichik serjant A. Akramov ushbu xonadondan 3 gramm ogʻirlikdagi marixuana moddasini topishga muvaffaq boʻldi.
Fuqaro A. D.ga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Boris KLEYMAN.
