1984 yil Oltinkoʻl tumanida tugʻilgan. Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 2011 yilda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilingan.
Bir necha yil Andijon viloyati IIB Qoʻriqlash boshqarmasida ish yurituvchi, kadrlar katta inspektori boʻlib ishlagan Lochinbek Darmonov 2016 yildan buyon profilaktika tizimida faoliyat olib bormoqda.
Kapitan Lochinbek Darmonov, mana, uch yildirki, Oltinkoʻl tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining katta profilaktika inspektori lavozimida faoliyat yuritmoqda.
– Fuqarolarning tinchligi va osoyishtaligini saqlash yoʻlida 56 nafar hududiy profilaktika inspektori fidokorona xizmat qilib kelmoqda, – deydi kapitan L.Darmonov. – Hududiy profilaktika inspektorlari ishtirokida «Antiterror-Tozalash» operatsiyasi doirasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar davomida oʻgʻrilik, tan jarohati yetkazish kabi 19 ta jinoyat «issiq izida» fosh etildi. Jamoat joylarida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, oʻzi bilan keskir va oʻtkir tigʻli buyumlar olib yurish, oilaviy mojarolar, jamoat tartibini buzish kabi 800dan ziyod maʼmuriy huquqbuzarliklar qayd etildi. Mahallalar va oʻquv muassasalarida 178 marotaba profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Bu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.
Boris KLEYMAN.
Andijon viloyati.
