Sardor Quvvatov 1993 yilda Toshkent shahar Sergeli tumanida tugʻilgan. 2012-2016 yillarda IIV akademiyasi tinglovchisi boʻlgan.

U ilk ish faoliyatini Sergeli tumani IIO FMBda tergovchi lavozimidan boshlagan. 2017 yilning dekabr oyidan buyon Bektemir tuman IIOFMB 2-sonli IIBda katta tergovchi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Qahramonimiz xizmat faoliyati davomida oʻzini tashabbuskor xodim, maʼsuliyatli tergovchi sifatida namoyon etib kelmoqda. Oʻtgan yilda yilning eng yaxshi tergovchilari safidan oʻrin egallab, IIV tomonidan taqdirlangan.

Kapitan Sardor Quvvatov yosh, shijoatkor xodim sifatida oʻz ishiga maʼsuliyat bilan yondashib, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajaradi.

Shodiyona GʻULOMOVA.

 Toshkent shahri