Kun qahramoni

OʻZ KASBINING USTASI

Ichki ishlar organlarining turli sohalarida xizmat itlaridan samarali foydalanilmoqda. Toʻrt oyoqli koʻmakchilarni muayyan soha uchun tayyorlash esa koʻp jihatdan kinologning sabr-chidami, tajribasi va mahoratiga bogʻliq. Bugungi lavhamiz qahramoni III darajali serjant Navroʻz Aslonov ana shu xislatlarning barchasiga ega. U oʻz kasbining ustasi.

Navroʻz Aslonov 1990 yilning 21 mart kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida tavallud topgan. Aytish mumkinki, ismi oʻzi bilan birga tugʻilgan. IIV Qorovul qoʻshinlari safiga 2011 yilda qabul kilingan. Hozirda 7532-harbiy kism 2-batalon xizmat itlari boʻyicha mutaxassis, sektsiya komandiri lavozimida xizmat kilib kelmokda. Batalondagi xizmat itlarini parvarishi va salomatligini shaxsan oʻzi nazorat qiladi. Jonivorlar bilan turli amaliy mashgʻulotlar oʻtkazadi.

Darvoqe, u sadoqatli koʻmakchilari bilan birga turli tanlov va musobaqalarda ishtirok etib, faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, IIV Qorovul qoʻshinlari kinologlari oʻrtasida tashkil etilgan koʻpkurash musobakasida qahramonimiz “Lakki” laqabli xizmat iti bilan ishtirok etib, portlovchi moddalarni tezkorlik bilan qidirib topish yoʻnalishida faxrli 2-oʻrinni egalladi. Giyohvandlik vositalarini qidirib topish yoʻnalishi buyicha boʻlib oʻtgan yana bir musobaqada esa mutlaq gʻolib deb topildi. Shu yil IIV Qorovul qoʻshinlari harbiy qismlari oʻrtasida boʻlib oʻtgan musobaqada “Zesi” laqabli xizmat iti bilan ishtirok etib, portlovchi moddalarni qidirib topish, tartibbuzarlarni ushlash, obʼektga noqonuniy kirishga yul qoʻymaslik shartlarini mohirona bajarib, haqli ravishda 1-oʻrin sohibiga aylandi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda”muxbiri.

Navoiy viloyati.