Taxminan soat 15:30lar edi. Uchtepa tumani IIOFMB 2-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar tushadi. Xabar bergan fuqaro – 23-mavze 13-uy 71-xonadonda yashovchi qoʻshnisi, 1949-yilda tugʻilgan G. Valentina yolgʻiz istiqomat qilishi, kun davomida uy atrofida koʻrinmaganligi, sogʻligʻi yomonlashib yotib qolganligi sababli xavotir olib “102” qoʻngʻiroq qilganligini bildiradi.

Voqea joyiga tezda shu manzil atrofida xizmat olib borayotgan tuman IIOFMB JTSB PPX 1-otryad xodimlari, safdorlar Rustam Abdiev va Mirfozil Mirsaidov yetib borishadi. G. Valentina yashayotgan xonadonning qoʻshimcha kaliti boʻlmaganligi sababli osoyishtalik posbonlari 2-qavatga koʻtarilib, xonadonning yon oynasini sindirish yoʻli bilan ichkariga kirishga majbur boʻlishgan. Bu vaqtda G. Valentina behush yotgan edi. Xodimlar darhol tez tibbiy yordam chaqirib, ayolga birinchi yordam koʻrsatishgan.

Ayol kasalxonaga olib borilgan va u hozir shifokorlar nazoratida.

Kun qahramonlaridan biri – safdor Abdiev Rustam Artikbaevich 1987-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2009-yilda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi Bank muassasalarini qoʻriqlash boʻyicha 4-alohida milisiya batalʼonida boshlagan. Hozirda Uchtepa tumani IIOFMB JTSB saf boʻlinmalari Patrulʼ-post xizmati otryadi 1-otryad safdor xodimi.

Safdor Mirsaidov Mirfozil Qodir oʻgʻli 1997-yil Toshkent viloyatida tavallud topgan. 2016-yilda Zangiota agrosanoat kasb-hunar kollejini tamomlagan. Ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 2021-yil 22 - iyunda Uchtepa tumani IIOFMB JTSB PPX 1-otryad xodimi sifatida boshlagan va hozirga qadar shu lavozimda xizmat qilib kelmoqda.


Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.