"Biz zoʻravonlikka qarshmiz". Sayxunobod tumanidagi maktablarda oʻquvchi qizlar bilan oʻtkazilayotgan targʻibot tadbirlari aynan shunday nomlandi. Unda Sayxunobod tumani IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori M.Narmuratova, mahalla raislarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etmoqda. Uchrashuvlarda yoshlarga oila qurish sirlari, erkak va xotin-qizlarning huquqlari, gender tengligi masalalari boʻyicha tushunchalar berilmoqda.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
