Kun qahramoni

Rahmatullayev Avzal 1996 yilda Toshkent shahar Olmazor tumanida tugʻilgan. 2019 yilda IIV Akademiyasini tamomlagan.  

U ilk ish faoliyatini poytaxtimizdagi Olmazor tumani IIO FMB 3-sonli IIB tergov boʻlinmasi tergovchisi lavozimidan boshlagan. Joriy yilning yanvar oyidan buyon Prezidentimiz qarori bilan Toshkent shahri tarkibida tashkil etilgan Yangihayot tuman IIOFMB huzuridagi Tergov boʻlinmalari faoliyatini tahlil qilish boʻlinmasi tergovchisi.

Tanlagan kasbiga sadoqati tufayli zimmmasiga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan shijoatli qahramonimiz Tergov departamenti tomonidan namunali tergov jarayonlarini tashkil yetgani uchun taqdirlangan. Yosh izlanuvchan xodim oʻzining namunali xulqi bilan safdoshlari orasida ham hurmat qozonib kelmoqda.

Leytenant Avzal Rahmatullayev Toshkent shahri miqyosida oʻz yoʻnalishidagi eng yosh xodimlardan biri.  

 Shodiyona GʻULOMOVA.

Toshkent shahri.