Oʻzbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik liseyida Oʻzbekiston mudofasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti hamda Jarqoʻrgʻon tuman oʻquv sport texnika klubi bilan hamkorlikda havo miltigʻidan oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar boʻyicha tayyorlash tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi, shuningdek yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilgan ushbu musobaqada akademik liseyning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchilari ishtirok etdi. 

Qiziqarli kechgan bahsda birinchi va ikkinchi oʻrinlarni liseyning birinchi bosqich oʻquvchilari Akbarali Boʻriev va Nigora Xurramova egalladi. Ikkinchi bosqich oʻquvchisi Javohir Panjiev esa uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

– Ushbu musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad, lisey oʻqituvchilari, texnik xodimlar va oʻquvchilar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, yoshlarni zararli illatlar taʼsiridan saqlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishdan iboratdir, – deydi IIV Surxondaryo akademik liseyi direktori, podpolkovnik Baxtiyor Boʻriev. – Oʻylaymizki, maqsadimizga erishdik. Musobaqada oʻquvchilar katta qiziqish bilan faol ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida gʻolib boʻlgan oʻquvchilar faxriy yorliq va esdalik savgʻalari bilan taqdirlandi.

Foziljon Mamasharipov,

“Postda” muxbiri.