IIV Xorazm akademik litseyida Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirni litsey direktori, podpolkovnik L.Yaqubov ochib, Navroʻz bayrami oʻzbek xalqining koʻp yillik qadriyatlarini oʻzida namoyon qiluvchi, milliy anʼanalarini aks ettiruvchi ulugʻ ayyom ekanligini taʼkidlab oʻtdi va yigʻilganlarni samimiy qutladi.
Tadbirda oʻquvchilar arqon tortish, tosh koʻtarish, qoʻl qayirish singari milliy sport oʻyinlari boʻyicha oʻzaro bellashdi. Shuningdek, ular guruhlarga boʻlingan holda qoʻl mehnatii bilan yasalgan buyumlar hamda milliy liboslar koʻrgazmasini ham namoyish etishdi.
Bayram tadbirida har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, litsey rahbariyatining diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
