Navoiyda sportning voleybol turi boʻyicha 17 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil va qiz bolalar oʻrtasida Ichki ishlar vaziri kubogi uchun musobaqalarning shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilgan mazkur sport tadbiriga shahardagi 10 ga yaqin mahallalardagi uyushmagan yoshlar jalb etildi. Musobaqa yakuniga koʻra “Meʼmor” mahalla jamoasi gʻalaba qozonib, viloyat bosqichiga yoʻllanma oldi. Gʻolib jamoa aʼzolari qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

 

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.